«Torino» «Lids Yunayted» darvozaboni Lukas Perri transferi bo‘yicha kelishuvga yaqin. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Kelishuvga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi «Torino»da 1 million yevro evaziga ijara asosida o‘ynaydi. Shartnomada futbolchini 14 million yevroga sotib olish opsiyasi ham ko‘zda tutilgan.
Perrining o‘zi «Torino» taklifiga rozilik bergan. Endi transferni rasmiylashtirish bo‘yicha zarur jarayonlar boshlanishi kutilmoqda.