Live
1
O'zbek

«Real» rahbariyati Mastantuononi kelajakda jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda

Futbol
3 oktabr, 01:20
Frankoning o‘zi ham ijara muddati yakunlangach, Madridga qaytishni niyat qilgan.
«Real» rahbariyati Mastantuononi kelajakda jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda
Foto: Getty Images

«Real» argentinalik vinger Franko Mastantuonoga ishonch bildirmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.

Futbolchi bu mavsumni ijara asosida Italiyaning «Fiorentina» klubida o‘tkazmoqda. 19 yoshli argentinalik iste’dod sohibi Italiyada o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi.

U ushbu mavsumda 3 ta gol urdi. Mastantuono ushbu gollarning barchasini «Venesia»ga qarshi uchrashuvda (4:2) kiritib, het-trik qayd etgandi.

Qayd etilishicha, «qirollik klubi» rahbariyati yosh futbolchining istiqboliga to‘liq ishonch bildirmoqda va uni kelajakda jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Mastantuononing o‘zi ham ijara muddati yakunlangach, Madridga qaytishni va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishni niyat qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, argentinalik futbolchi o‘tgan mavsum «Real» safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 1 ta assist amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar