«Real»ning braziliyalik hujumchisi Endrik Italiya A Seriyasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, «Roma» «qaymoqranglilar» bilan aloqada bo‘lib turibdi va yosh iste’dodni ijaraga olishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 14-oktyabr kuni «Roma» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida «Real»ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda, chunki tomonlar barcha masalalarni yuzma-yuz muhokama qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
Yangi mavsumda 20 yoshli Endrik Ispaniya chempionatining faqat bitta o‘yinida maydonga tushib, bor-yo‘g‘i to‘rt daqiqa harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.