«Manchester Yunayted»ning portugaliyalik yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premer-ligasi vakili tarkibini tark etishi mumkin.
The Daily Briefing nashri xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» 32 yoshli futbolchi uchun 50 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq portugaliyalikning o‘zi bosh murabbiy Maykl Kerrik loyihasiga ishonadi va hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
Yangi mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarni hisobga olganda yettita uchrashuvda maydonga tushdi va to‘rt marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yarimhimoyachining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.