Madridning «Atletiko» klubi 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha Turinning «Yuventus» jamoasidan ijaraga olingan kanadalik hujumchi Jonatan Devidning o‘yin darajasidan mamnun. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, «matraschilar» rahbariyati 26 yoshli hujumchini 25 million yevroga sotib olish imkoniyatini faollashtirmoqchi. Devid jamoada argentinalik Xulian Alvaresning o‘rnini to‘liq egallashi mumkin, u yaqin orada sotib yuborilishi ehtimoli yuqori.
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida Jonatan madridliklar safida uchta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» La Liganing 7-turidan so‘ng 16 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempionat yetakchisi «Barselona» hisobida 21 ochko mavjud.