Bugun
45
O'zbek

Neto: «Qaytganimdan xursandman»

Futbol
29 sentabr, 11:32
«Yuventus» safiga borib qo‘shilgan kiper fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Neto: «Qaytganimdan xursandman»
Foto: Gettyimages

Darvozabon Norberto Neto o‘zining «Yuventus»ga o‘tishi borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Avval xabar qilinganidek, 37 yoshli futbolchi erkin agent sifatida «keksa sinora» safiga qo‘shildi va ushbu mavsum oxirigacha turinliklar sharafini himoya qiladi.

«Yana bu futbolkani kiyish - o‘zgacha tuyg‘u. Men qaytganimdan xursandman va jamoa bilan birga bu yangi bobni yashashga tayyorman», - deya Netoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Yuventus» matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Neto 2015-yildan 2017-yilgacha «Yuventus» safida o‘ynagan. Ikki mavsum davomida u 22 ta o‘yin o‘tkazgan va ikki bor A Seriya chempionligi, ikki marta Italiya kubogi va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u «Valensiya», «Barselona», «Bornmut», «Arsenal» hamda «Botafogo» klublarida to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, Neto jarohat olgan Kamil Grabaraning o‘rniga jamoaga taklif etilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar