«Yuventus» klubi kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish variantlarini hozirdanoq ishlab chiqmoqda.
Football Italia La Gazzetta dello Sport xabar berishicha, «zebralar» bir qator tajribali futbolchilarni kuzatmoqda.
Klub short-listidan «Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachich, «Leypsig»ning chap qanot himoyachisi Davide Raum va «Milan» markaziy himoyachisi Fikayo Tomori o‘rin olgan.
Turin klubi shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanayotgan o‘yinchilarga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Bunga jamoaning Chempionlar ligasiga chiqa olmaganidan keyin yuzaga kelgan moliyaviy cheklovlar ham sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, jamoa boshqa pozitsiyalarni ham kuchaytirishni rejalashtirgan. Biroq yana kimlarni kuzatayotgani borasida ma’lumotlar yo‘q.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida 10 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.