Portugaliya milliy jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Norvegiyaga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Bu haqda portugaliyaliklar bosh murabbiyi Jorge Jesus ma’lum qildi.
Fernandesh Norvegiya bilan bahs oldidan o‘tkazilgan so‘nggi mashg‘ulotda ishtirok etmadi. Uelsga qarshi avvalgi uchrashuvda (1:0) yarim himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushgan va bahsning so‘nggi daqiqasida almashtirilgan edi.
«Uelsga qarshi o‘yinda Bruno juda murakkab muammo bilan maydonni tark etdi. U davolanish va tiklanish uchun vaqtga muhtoj. U «Manchester Yunayted»da jarohat olgan va so‘nggi uchta uchrashuvni shu og‘riq bilan o‘tkazganini aytdi.
Bu unga xalaqit berdi va Uelsga qarshi bahsda Brunu o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmaganining sabablaridan biri ham shu bo‘ldi», — dedi Jorge Jesus matbuot anjumanida.
Portugaliya va Norvegiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.