Live
1
O'zbek

Yamal Pedro Porro bilan «Barselona»da birga o‘ynashni istamoqda

Futbol
26 sentabr, 17:52
Pedroning «taqachilar» bilan amaldagi bitimi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Yamal Pedro Porro bilan «Barselona»da birga o‘ynashni istamoqda
Фото: Getty Images

«Barselona» vingeri Lamin Yamal Ispaniya milliy jamoasidagi hamkasbi Pedro Porro bilan birga o‘ynashni istamoqda.

Qayd etilishicha, 18 yoshli futbolchi va qanot himoyachisi milliy jamoadayoq bir-birini yaxshi tushunadi. Shu sababli Yamal «Barselona»da ham birgalikda o‘ynash istagini bildirmoqda.

«Porro Yamalga kerak bo‘lgan o‘yin uslubiga ideal mos keladi. U doimiy ravishda hujumlarga qo‘shila oladigan, faol harakat qiladigan va qanotda kenglik yaratadigan futbolchi», — deyiladi El Nacional xabarida.

Qayd etilishicha, ispaniyalik 27 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida «Tottenhem»ni tark etishi mumkin. Uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etmoqda. Pedroning «taqachilar» bilan amaldagi bitimi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq «Barselona» markaziy himoyani kuchaytirish uchun uch nafar futbolchini kuzatayotgani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar