Live
5
O'zbek

Jezush: «Ronaldu hozir 20 yoshli Joau Nevesh emas»

Futbol
26 sentabr, 15:12
Portugaliya ustozi Norvegiyaga qarshi bahs oldidan Krishtianu haqida fikr bildirdi.
Jezush: «Ronaldu hozir 20 yoshli Joau Nevesh emas»
Фото: Getty Images
27.09.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Norvegiya Norvegiya - : - Portugaliya Portugaliya

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi A ligasining 2-turida Norvegiyaga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydimi-yo‘qmi, hali qaror qilmaganini aytdi.

— Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibdagi o‘rniga loyiqmi?

— Uning Uelsga qarshi o‘yiniga e’tibor qarataylik. Biz jarima maydoni ichidan 15 ta zarba berdik, ularning yettitasi Ronaldu hisobiga to‘g‘ri keldi. Shu yetti zarbaning ikkitasi darvoza tomon aniq yo‘naltirildi. Unda yettita vaziyat bo‘ldi. Boshqa o‘yinlar bilan solishtirganda, bu ko‘p. Ilgari unda bir-ikkita vaziyat bo‘lardi yoki umuman bo‘lmasdi.

Albatta, u yaxshiroq o‘ynay oladi. Gol urishga ham yaqin keldi. U 65 daqiqa maydonda harakat qildi. Endi uning holatini yana kuzataman. Asosiy tarkibda tushiramanmi yoki zaxirada qoldiramanmi — keyin qaror qilaman.

Krishtianu, xohlaymizmi-yo‘qmi, 20 yoshli Joau Nevesh emas. Nevesh har uch kunda ketma-ket ikki o‘yin o‘tkaza oladi», — dedi Jezush.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Portugaliya Portugaliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar