«Katta dubulg‘a» turnirlarining yetti karra chempioni, dunyoning uchinchi raketkasi, ispaniyalik sportchi Karlos Alkaras kortdagi sheriklariga maslahat berishni yoqtirishini tan oldi.
«Maslahat berishdan zavq olaman. Ba’zida ko‘p gapirayotgandek va sherigimga yordam berayotganimni bilolmayotgandek tuyuladi, ammo bor kuchimni ishga solaman. Kort chetidan nima ko‘rayotganimni aytishga harakat qilaman. Ba’zida vaziyatni aniqroq ko‘rish mumkin. Bu menga juda yoqadi. Kortdagi holatni qanday ko‘rayotganim haqida o‘z fikrimni bildirishni yaxshi ko‘raman va umid qilamanki, bu bilan sheriklarimga yordam bera olaman», – deya Alkarasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.
Bu yilgi «Leyver kubogi – 2026» musobaqasida-ispaniyalik tennischi Yevropa jamoasi safida ishtirok etmoqda. Juftlik bahsida Alkaras va chexiyalik tennischi Yakub Menshik (reytingda 15-o‘rin) Qozog‘istonlik tennischi Aleksandr Bublik (reytingda 21-o‘rin) va amerikalik Teylor Fritsni (reytingda 10-o‘rin) 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etishdi.