O‘zbekiston milliy jamoasi sardori va Istanbulning «Bashakshehir» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov bugungi mashg‘ulotlardan avval jurnalistlar savollariga javob berdi.
«Birinchi navbatda, g‘alabaning o‘zi o‘zgacha emotsiyalarni taqdim etadi. Hisob har doim har xil bo‘ladi. Shuning uchun bu unchalik katta farq qiladi, deb o‘ylamayman.
«4-3-3» taktik sxemasiga o‘tish qiyinchilik tug‘dirmadimi?
«Yo‘q, albatta, kamchiliklar yetarlicha. Ana shu kamchiliklar ustida ishlaymiz, lekin bu qiyinchilik tug‘dirmadi. Jamoamiz safida yaxshi darajadagi futbolchilar, aqlli futbolchilar bor — murabbiy ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarishga harakat qiladigan», - dedi Eldor Shomurodov.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Eron milliy jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Farg‘onada o‘tkazilgan bahsda 3:1 hisobida qayd etildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi