Live
4
O'zbek

De la Fuente Yamalning kelajagi haqida: «U afsonaviy futbolchi bo‘lishi mumkin»

Futbol
26 sentabr, 09:25
Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi vingerning 19 yoshida katta bosimni ko‘tara olayotganini ta’kidladi.
De la Fuente Yamalning kelajagi haqida: «U afsonaviy futbolchi bo‘lishi mumkin»
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Barselona» vingeri Lamin Yamal kelajakda afsonaviy futbolchilar qatoridan joy olishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Sports.ru xabar berdi.

«Lamin ajoyib sportchi. U 16 yoshida milliy jamoada debyut qildi va hali yosh bola bo‘lgan paytidayoq o‘ziga bo‘lgan katta media e’tibori hamda bosimni xotirjamlik bilan qabul qildi. Hozir u 19 yoshda va futbol nuqtayi nazaridan juda yetuk. Unda afsonaviy futbolchi bo‘lish salohiyati bor», — dedi de la Fuente.

Mutaxassis Yamalning ommaviy hayotdagi bosimga munosabati haqida ham gapirdi. Uning ta’kidlashicha, futbolchi bunday e’tiborni tabiiy va xotirjam qabul qilmoqda.

«AQShda Los-Anjelesdagi eng baland binolardan birining butun devorida uning suratini ko‘rdik. Bunday hayot seniki ekanini anglash oson emas. U buni tabiiy, xotirjam va juda yetuk tarzda qabul qilmoqda», — dedi Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi.

De la Fuente Yamalning ommaviy obraz va shaxsiy hayoti o‘rtasida farq bo‘lishi mumkinligini ham qayd etdi. Uning fikricha, media bosimidan himoyalanish uchun bunday yondashuv zarur.

Ma’lumot uchun, Yamal 16 yoshida Ispaniya milliy jamoasida debyut qilgan. Ayni paytda 19 yoshli futbolchi «Barselona» safida o‘ynamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar