Live
4
O'zbek

Qodirqulov «Dinamo»ning jamoaviy mashg‘ulotlariga qaytdi

Futbol
26 sentabr, 09:32
Samarqand klubi FIFA kunlarida Toshkentda bir haftalik yig‘in doirasida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Qodirqulov «Dinamo»ning jamoaviy mashg‘ulotlariga qaytdi
Foto: Dinamo FK
10.10.2026, 11:00 O‘zbekiston Superligasi Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi - : - Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

«Dinamo» FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan bir haftalik tanaffusdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi. Samarqand jamoasi 25-sentyabr kuni Toshkentga yo‘l olib, bir haftalik yig‘inga kirishdi.

Jarohati sabab jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va tiklanish jarayonini yakunlagan Sanjar Qodirqulov jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Shuningdek, hujumchi Anvarjon Hojimirzayev ham mashg‘ulotlarda to‘liq kuch bilan shug‘ullanmoqda. U «Nasaf»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera oladi.

«Dinamo» safidagi Firdavs Abdurahmonov va Oybek O‘rmonjonov O‘zbekiston U-23 jamoasi bilan Osiyo o‘yinlari yarimfinaliga yo‘llanma oldi. Azizbek Amonov va Edem Nemanov esa O‘zbekiston milliy jamoasi bilan Suriyaga qarshi bahsga hozirlik ko‘rmoqda.

Moldovalik himoyachi Mixail Shtefan esa bugun UEFA Millatlar ligasi doirasida Slovakiyaga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda. Terma jamoalardagi futbolchilar FIFA kunlari yakunlangach, 6-oktyabrdan keyin «Dinamo» safiga qaytadi.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» Superliga doirasidagi navbatdagi bahsda 9-oktyabr kuni Qarshida «Nasaf» mehmoni bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar