FIFA kunlari sababli Superligada yuzaga kelgan tanaffusda «Dinamo» jamoasi a’zolari «Navbahor»ga qarshi o‘yindan keyin bir haftalik ta’tilga chiqqandi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, samarqandliklar 25 sentyabrdan Toshkentda yig‘in boshlaydi. Bir haftalik tayyorgarlik jarayoni doirasida nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jarohat olgan futbolchilar ham jamoa safiga qaytishi kutilmoqda.
«Dinamo» tarkibidan Firdavs Abdurahmonov va Oybek O‘rmonjonov O‘zbekiston U23 jamoasiga chaqirilgan bo‘lsa, Azizbek Amonov va Edem Nemanov O‘zbekiston milliy jamoasiga, moldovalik himoyachi Mihail Shtefan Moldova milliy terma jamoasi safiga borib qo‘shilgan. Bu o‘yinchilar FIFA kunlari yakuniga yetgach, 6 oktyabrdan keyin safga qaytadi.
«Dinamo» Superliga doirasidagi navbatdagi uchrashuvda 9 oktyabr kuni Qarshida «Nasaf» mehmoni bo‘ladi.
«Dinamo» jamoasi 25 sentyabrdan Toshkentda yig‘iladi
Futbol
23 sentabr, 04:34
Bir haftalik tayyorgarlik jarayoni doirasida nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Фото: Динамо ПФК