Live
1
O'zbek

De Xea: «Demak, endi menda nechta APL kubogi bo‘lishi kerak?»

Futbol
26 sentabr, 02:45
«MYU» sobiq posboni ham «Siti»ga qo‘yilgan ayblovlarga munosabat bildirdi.
De Xea: «Demak, endi menda nechta APL kubogi bo‘lishi kerak?»
Foto: Getty Images

David De Xea «Manchester Siti» 2009–2018-yillar oralig‘ida liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilganidan so‘ng obunachilarini uning hisobiga nechta APL (Angliya Premyer-ligasi) chempionligi yozilishi kerakligi haqida muhokamaga chorladi.

Ispaniyalik darvozabon 2011-yildan 2023-yilgacha «Manchester Yunayted» safida o‘ynagan. U 2012/13-mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan, yana uch marta jamoasi bilan chempionatda 2-o‘rinni egallagan.

«Xo‘sh... Kelinglar, muhokama qilamiz. Demak, men nechta APL chempionligini qo‘lga kiritganman?» — deb yozdi hozirda «Fiorentina»da o‘ynayotgan posbon.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar