Zinedin Zidan Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi debyuti haqida fikr bildirdi.
54 yoshli mutaxassis boshchiligidagi jamoa Millatlar ligasi guruh bosqichining 1-turida Turkiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
«Juda ko‘p hissiyotlar. Muvaffaqiyatli debyut bo‘ldi. Bunday atmosfera hukm suradigan Turkiyada o‘ynash oson emas.
Yaxshi o‘ynadik, raqib maydonida pressing qildik. Jamoa bilan atigi 3,5 ta mashg‘ulot o‘tkazgan bo‘lsak-da, ko‘plab jihatlarni ko‘rdim. Bu meni ruhlantiradi. Futbolchilarning qanday o‘ynaganidan mamnunman. Ularning maydondagi harakatlarini ko‘rish yoqimli bo‘ldi.
Bunday lahzalar doimo hayajonli bo‘ladi. Menda so‘z yo‘q. Fransiya milliy jamoasi safida so‘nggi bor o‘ynaganimga ancha vaqt bo‘ldi. Hozir qandaydir o‘zgacha voqea yuz bermoqda. Biz bu lahzadan zavqlanyapmiz», — deya Zidanning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.
Zidan Fransiya bosh murabbiyligidagi debyutidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
Futbol
26 sentabr, 00:28
Debyutda Turkiya mag‘lub etildi.
Foto: Getty Images
25.09.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Turkiya
0
:
1
Fransiya