Live
1
O'zbek

Mbappe jarohat olib, Fransiya yig‘inini tark etdi

Futbol
25 sentabr, 23:41
    23
Hujumchi Turkiyaga gol urish vaqtida jarohatlandi.
Mbappe jarohat olib, Fransiya yig‘inini tark etdi
Foto: Getty Images

Kilian Mbappe sentyabr-oktyabr oylaridagi FIFA kunlarida boshqa maydonga tushmaydi.

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Turkiyaga (1:0) qarshi o‘yinda g‘alaba golini urgan paytda tizzasidan jarohat oldi.

Bosh murabbiy Zinedin Zidan o‘yindan keyin vaziyat «yaxshi ko‘rinmayotganini» aytdi. Shuning uchun tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Mbappe milliy jamoa ixtiyoridan ketadi.

Ko‘p o‘tmay Fransiya milliy jamoasi rasman ma’lum qildi: «Pay jarohati tufayli Kilian ushbu yig‘inlar yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi»

Bu mavsumda hujumchi «Real» klubi va Fransiya milliy jamoasi safida 9 ta o‘yinda 9 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

23 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar