«Uikom» klubi «Liverpul» va Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Denni Ingz bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 34 yoshli forvard bu mavsumni klubsiz boshlagan edi. Ingz o‘tgan mavsumda Chempionshipda ishtirok etgan «Sheffild Yunayted» safida harakat qilgan.
«Uikom» Ingzning 17 yillik professional faoliyatidagi sakkizinchi klubi bo‘ldi. Ayni paytda yangi jamoasi Angliyaning uchinchi darajali divizioni hisoblangan Liga 1 musobaqasi jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Denni «uch sherlar» safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U yagona golini 2020 yilda Uelsga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida kiritgan. Futbolchi 2023 yilda «Vest Hem» tarkibida Yevropa Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan.