«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo qishki transfer vaqtida jamoasini oʻzgartirishi mumkin. Bu haqda TeamTalk nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, ispaniyalik 28 yoshli futbolchining agentlari uning xizmatlarini «Chelsi», «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» jamoalariga taklif qilgan.
Hozircha rasmiy takliflar yoʻq, biroq bir qator ingliz klublari dastlabki qiziqish bildirgani aytilmoqda.
Shuningdek, unga «Bavariya» hamda Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirgan.
Ispaniyalik yarim himoyachining ehtimoliy ketishi «Barselona»ga himoya chizigʻini kuchaytirish uchun qoʻshimcha moliya manbalarini topish imkonini beradi. Agar klub Olmo bilan xayrlashsa, «Inter»dan Alessandro Bastonini oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin.
Futbolchining transfer qiymati taxminan 70 million yevro deb baholanmoqda.
La Liganing ushbu mavsumida Dani 7 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi