Angliya milliy jamoasi va «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn faoliyatida ilk bor «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
«Hozir bu sovrinni qoʻlga kiritish uchun eng yaxshi imkoniyatga egaman. Oʻtgan yil shaxsiy jihatdan ham, jamoa nuqtayi nazaridan ham faoliyatimdagi eng yaxshi davr boʻldi. Bu sovrinni qoʻlga kiritsam, nihoyatda faxrlangan boʻlardim. Oʻtgan yili oʻzim faxrlanadigan koʻp ishlarga erishdim. Endi barchasi boshqalarning fikri va qarorlariga bogʻliq», — deya Keynning soʻzlaridan keltiradi Bild nashri.
Maʼlumot uchun, Keyn 2023-yil yozida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga koʻchib oʻtgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yoziga qadar moʻljallangan. Uning Bundesligadagi gollari sonini 100 tadan oshirdi.
Avvalroq «Bavariya» Keyn bilan amaldagi kelishuvni 2030-yilga qadar uzaytirishga yaqin ekani xabar qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi