Bugun
23
O'zbek

«Bavariya» Keynga o‘rinbosar sifatida Holandni kuzatmoqda

Futbol
22 sentabr, 18:14
Shuningdek, Holandga «Real» va «Barselona» ham da’vogar bo‘lishi mumkin.
«Bavariya» Keynga o‘rinbosar sifatida Holandni kuzatmoqda
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand «Bavariya»ning qiziqishlari doirasida. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi hujumchi Harri Keynga o‘rinbosar sifatida norvegiyalik futbolchini kuzatmoqda,

Klub angliyalik futbolchi bilan ikki yoki uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Agar Harri jamoadan ketadigan bo‘lsa, Erlingni sotib olish imkoniyati bo‘ladi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2027-yilda yakuniga yetadi.

Shuningdek, Holandga «Bavariya»dan tashqari «Real» va «Barselona» ham da’vogar bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi jamoalar 2027-yilda Holandni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Erlingning hozirgi transfer qiymati 220 million yevroni tashkil qiladi.

Avvalroq Keyn «Manchester Yunayted»ning qiziqishlariga qaramay «Bavariya»da qolishi mumkinligi xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar