«Bavariya» sport direktori Maks Eberl yozgi transfer oynasida «PSJ» hujumchisi Bredli Barkolyani jamoaga olib kelish imkoniyati ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Biroq klub futbolchi uchun so‘ralgan mablag‘dan qoniqmagan.
«Ha, biz Bredli variantini ko‘rib chiqqandik. Ammo bunday summalarni eshitganingizda... Bu biz uchun juda ko‘p. Luis Dias bilan esa vaziyat boshqacha edi. U — odamlar stadionga kelishiga sabab bo‘ladigan futbolchi», — dedi Eberl Sport Bild nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Barcola yozgi transfer oynasida «PSJ»dan «Liverpul»ga 125 million yevro evaziga o‘tgandi. 24 yoshli vinger yangi jamoasi safida barcha turnirlarda beshta bahsda maydonga tushdi, biroq hali gol yoki assist qayd etmadi.
Ma’lumot uchun, «Bavariya» yozda Luis Diasni ham o‘z safiga qo‘shib oldi.