«Feyenoord» yarimhimoyachisi Jivay Zehiyel faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli niderlandiyalik futbolchini APLning ikki klubi — «Chelsi» va «Arsenal» kuzatib bormoqda. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Zehiyelning bozor qiymati 10 million yevroga baholangan.
Ma'lumot uchun, yarimhimoyachining «Feyenoord» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyunining oxirigacha amal qiladi. Shu sababli Niderlandiya klubi futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Zehiyel ushbu mavsum Niderlandiya chempionatida yettita bahsda maydonga tushdi. 22 yoshli futbolchi ushbu bahslarda beshta gol urib, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.