Bugun
20
O'zbek

Niko Paz faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Futbol
21 sentabr, 04:05
Futbolchi Italiya chempionatining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e'tirof etilgandi.
Niko Paz faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

«Komo» hujumkor yarim himoyachisi Niko Paz faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Qayd etilishicha, argentinalik futbolchiga «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. Biroq London klubi Paz uchun kurashda «Real»dan ortda qolmoqda.

Gap shundaki, «qirollik klubi»da o'zining sobiq futbolchisini «Komo»dan qayta sotib olish huquqi mavjud. Shu sababli, madridliklar Pazning kelajagi borasida ustunlikka ega bo'lib turibdi.

Ma'lumot o'rnida, argentinalik hujumkor yarim himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 marta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. Transfermarkt portali esa Nikoning transfer narxini 80 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq Paz Italiya chempionatining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e'tirof etilgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar