«Arsenal» Havers bilan taqqoslanayotgan «Borussiya» hujumchisini nishonga oldi — TEAMtalk
Londonning «Arsenal» klubi kelajak rejalarini ishlab chiqmoqda va hujumni kuchaytirishning turli variantlarini baholab olmoqda. TEAMtalk nashrining xabar berishicha, ingliz klubining qiziqish doirasiga Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Maksimilian Bayer tushib qolgan.
Manbaga ko‘ra, «Arsenal» skautlari 23 yoshli nemis futbolchisini yuqori baholab, futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Klubda uning Angliya Premer-ligasiga mukammal mos kelishiga ishonishadi, uning o‘yin uslubi esa londonliklar hujumchisi Kay Xavers bilan taqqoslanadi.
Ikkalasi ham «bo‘sh joy qidirish instinkti»ga ega futbolchilar sifatida tavsiflanadi. Ma’lum qilinishicha, «Arsenal» Bayerni kuzatayotgan yagona klub emas. «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» ham yozda hujumchiga qiziqish bildirgan.