«Real» «Atletiko»ga qarshi (1:2) o‘yinning bosh hakami Migel Anxel Ortis Ariasni tanqid qildi.
O‘yindan so‘ng klub saytida mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahs haqida maqola e’lon qilindi. Matn «Derbi taqdirini dahshatli hakamlik hal qildi» sarlavhasi ostida chop etildi. Unda «Real» hakamni «Atletiko» futbolchilari Li Kan In va Kristian Romeroni qizil kartochka bilan jazolamagani uchun tanqid qilgan.
37-daqiqada Jud Bellinghem podkatda Kristian Romeroni yiqitdi. O‘yin bosh hakami Migel Anxel Ortis Arias «Real» yarim himoyachisiga sariq kartochka ko‘rsatdi, ammo videotasvirni ko‘rib chiqqach, qarorini bekor qildi va sariq kartochkani endi «Atletiko» himoyachisiga ko‘rsatdi. Sababi, argentinalik futbolchi butsasining tishlari bilan raqibining tizzasidan biroz pastroq qismini bosib olgandi.
45-daqiqada «Atletiko» yarim himoyachisi Li Kan In markazdan uzoq bo‘lmagan joyda «Real» futbolchisi Federiko Valverdening to‘pig‘iga butsasining tag qismi bilan zarba berdi. Urugvaylik yarim himoyachi norozilik bildirib o‘rnidan sakrab turdi va bosh hakam oldiga yugurib bordi, ammo Migel Anxel Ortis Arias koreyalik futbolchini ogohlantirmadi.
«Real Madrid» «Metropolitano» stadionida Ortis Ariasning dahshatli hakamligi fonida o‘tgan derbida mag‘lub bo‘ldi. Birinchi bo‘limda u Romeroni Bellinghemning tizzasini bosib olgani uchun (epizodni ko‘rish maqsadida monitor oldiga borganiga qaramay) maydondan chetlatmadi. Shuningdek, Li Kan Inni Valverdening to‘pig‘iga zarba bergani uchun ham chetlatmadi. Har ikki qaror o‘yinning borishiga ta’sir qildi va ikkinchi bo‘limda «Atletiko»ning g‘alabasi bilan yakunlangan bahs taqdiriga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi», — deyiladi matnda.
«Dahshatli hakamlik derbi taqdirini hal qildi» — «Real» rasmiy sayti
Futbol
20 sentabr, 17:31
78
«Qirollik klubi» rasmiy sayti ham Madrid derbisidagi hakamlik bo‘yicha bayonot berdi.
Foto: Getty Images
20.09.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Atletico Madrid
2
:
1
Real Madrid
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi