«Real» bu mavsumda La Ligada g‘olib bo‘lish uchun tarixdagi noyob natijasini yana takrorlashiga to‘g‘ri keladi.
7-turda “Atletiko”ga (1:2) magʻlub boʻlganidan soʻng, Joze Mourinio boshchiligidagi jamoa turnir jadvali peshqadami “Barselona”dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.
Madridliklar tarixda atigi bir marta «ko‘k-anorranglilar»dan shuncha farq bilan ortda qolgan holda chempionlikni qo‘lga kiritishgan. 2006/07-yilgi mavsumda 25-turga kelib, ular kataloniyaliklardan 6 ochko ortda edi (43 ga 49 ochko). Biroq yakunda har ikki jamoa 76 ochkodan to‘plagan va «Real» o‘zaro o‘yinlardagi natijalar evaziga 1-o‘rinni egallab, chempion bo‘lgan.
«Real» La Ligada faqat bir bor «Barsa»dan 6 ochko ortda qola turib, chempion bo‘lgan
Futbol
21 sentabr, 08:42
44
Madrid klubi bu mavsumda Ispaniya chempioni bo‘lish uchun noyob natijasini takrorlashiga to‘g‘ri keladi.
Foto: Getty Images
20.09.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Atletico Madrid
2
:
1
Real Madrid
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi