O‘zbekiston delegatsiyasi XX yozgi Osiyo o‘yinlaridagi dastlabki oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Karate bo‘yicha -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulvahob Rashidov musobaqa davomida barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Rashidov final bahsida mezbon Yaponiya vakili Yugo Kozakiga qarshi tatamiga chiqdi. Oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi qarama-qarshilikda Abdulvahob raqibidan ustun kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Shu tariqa, Abdulvahob Rashidov O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 2026-yilgi Osiyo o‘yinlaridagi birinchi oltin medalni yozib qo‘ydi.
Avvalroq aralash jang san’atlarining modern yo‘nalishida -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nodirbek Shavkatov bronza medaliga sazovor bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi