O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi XX yozgi Osiyo o‘yinlarining chorakfinal bosqichiga chiqdi.
Kotrina Kulbite boshchiligidagi jamoa guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, dastlab Filippin va Xitoy milliy jamoalariga qarshi bahslarda durang qayd etdi.
Bugun, 21-sentyabr kuni o‘tkazilgan guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvida O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Honkongga qarshi maydonga tushdi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilar raqib ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi guruh bosqichida uchta uchrashuvdan 5 ochko jamg‘ardi va guruhda 2-o‘rinni egallab, musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Endi O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorakfinal bosqichida ishtirokini davom ettiradi.
Osiyo o‘yinlari.
Guruh bosqichi, 3-tur.
O‘zbekiston — Honkong 2:1
Gollar: Diyoraxon Habibullaeva 35, Maftuna Shoimova 90+2 (pen) — Chang Chung 55.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi