Bugun
20
O'zbek

Luis Enrike: «Velodrom»da o‘ynash umuman oson emas

Futbol
21 sentabr, 04:20
«PSJ» bosh murabbiyi «Marsel»ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Luis Enrike: «Velodrom»da o‘ynash umuman oson emas
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Liga 1 Fransiya Marseille Marseille 1 : 2 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 5-turida «Marsel» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz kutganimizdek, juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Hamma oson bo‘ladi, deb aytgandi, ammo «Velodrom»da o‘ynash umuman oson emas.

O‘z futbolimizni namoyish etishga harakat qildik. Birinchi bo‘limda raqib juda yaxshi himoyalangani uchun kamroq vaziyat yaratdik. Ikkinchi bo‘limda esa hammasi o‘zgardi va biz juda yaxshi o‘ynadik.

Biz juda katta ishni amalga oshirdik. Hech narsa osonlikcha qo‘lga kiritilmaydi. Bugun juda yaxshi «Marsel»ni ko‘rdik, ayniqsa, ular himoyada kuchli harakat qilishdi.

Jamoaning juda yaxshi murabbiyi bor va ular kelajakda yanada o‘sishiga ishonaman», — dedi Enrike Ligue 1+ efirida.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu g‘alaba orqali «PSJ» Fransiya chempionatida muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marseille Marseille
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar