Live
1
O'zbek

«PSJ» 2008/09-yilgi mavsumdan beri ilk bor Liga 1ning dastlabki beshta o‘yinida ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olmadi

Futbol
21 sentabr, 00:40
Parijliklar ushbu beshta bahsning faqat ikkitasida zafar quchdi.
«PSJ» 2008/09-yilgi mavsumdan beri ilk bor Liga 1ning dastlabki beshta o‘yinida ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olmadi
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Liga 1 Fransiya Marseille Marseille 1 : 2 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

«PSJ» Liga 1ning 5-turi doirasida «Marsel»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Luis Enrike jamoasiga g‘alaba keltirgan gollarni Ferran Torres va Markinyos urdi.

ParisSG INFOS ma’lumotiga ko‘ra, «PSJ» 2008/2009-yilgi mavsumdan beri ilk bor Fransiya chempionatining dastlabki beshta uchrashuvidan birortasida ham kamida ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olmadi.

Parijliklar ushbu beshta bahsning faqat ikkitasida zafar quchdi. Jamoa bunga qadar «Brest»ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Ma’lumot o‘rnida, «PSJ» navbatdagi uchrashuvini 10-oktabr kuni o‘tkazadi. Parijliklar Liga 1ning 6-turida o‘z maydonida «Le Man»ni qabul qiladi.

Ayni paytda Luis Enrike jamoasi 8 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Klub peshqadam «Monako»dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marseille Marseille
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar