Oʻzbekiston U-17 jamoasi bugun, 21-sentabrdan «Milliy futbol markazi»da navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.
Sergey Chigodaev boshchiligidagi jamoa yigʻinning keyingi bosqichini Portugaliyaning Porto shahrida davom ettiradi. Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi 29-sentabr kuni Portugaliya, 2-oktabr kuni Turkiya va 5-oktabrda Ruminiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.
Bosh murabbiy yigʻin uchun 22 nafar futbolchini jalb qildi.
Darvozabonlar: Olim Shamuratov («Paxtakor»), Abdulboriy Zoidjonov («Lokomotiv»), Mehrojbek Sirojiddinov (RFA).
Himoyachilar: Elsevar Olimov («Neftchi»), Mirjamol Anvarov (Odil Ahmedov FA), Mashxur Abdisoliev («Nasaf»), Nurmuhammad Uktamov («Paxtakor»), Adis Abdunabiev («Xorazm»), Jahongir Uktamboev («Bunyodkor»), Abubakir Rahimov (Odil Ahmedov FA).
Yarim himoyachilar: Odilxon Orifxonov (Odil Ahmedov FA), Habib Toxirov («Paxtakor»), Ahrorbek Ravshanbekov («Andijon»), Suxrob Sadirjonov («Gʻazalkent»), Muhammad Maratov («Paxtakor»), Amirxon Erkinov (Odil Ahmedov FA), Mirkamil Murodov («Bunyodkor»), Islom Ravshanov («Paxtakor»), Damir Mirzabekov («Paxtakor»), Bilol Aliyev (RFA).
Hujumchilar: Laziz Abduraimov («Buxoro»), Asil Aliyev (RFA).

Foto: UFA