MLS 26-turi doirasida «Inter Mayami» o‘z maydonida «San Diego»ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
«Inter Mayami»ning ilk goliga Lionel Messi jarima zarbasidan mualliflik qildi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi faoliyati davomida jarima zarbalaridan urgan gollari sonini 75 taga yetkazdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 74 ta gol urgan braziliyalik Jair da Rosa Pintoni ortda qoldirdi.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, Messi endi Marselino Kariokaning rekordini takrorlashi uchun jarima zarbasidan yana 3 ta gol urishi kerak. Karioka 78 ta gol bilan ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 1-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda «Inter Mayami» 44 ochko bilan umumiy turnir jadvalining 4-pog‘onasida qayd etilgan. Peshqadam «Neshvill» bilan oradagi tafovut 11 ochkoni tashkil etmoqda.
«San Diego» jamoasi esa 31 ochko to‘plagan holda jadvalda 20-o‘rinni band etgan.