«Inter Mayami» egasi Devid Bekhem Lionel Messi bu yil faoliyatida to‘qqizinchi bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga munosib deb hisoblaydi.
«Inter Mayami» Campeones Cup bahsida Meksikaning «Kruz Azul» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Argentinalik yulduz avval gol urdi, keyin esa Kazemironing goliga assistentlik qildi.
«Messi «Oltin to‘p»ni yutishi kerak. U jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va o‘tgan yilni ham ajoyib o‘tkazdi. 39 yoshida jahon chempionatida u kabi harakat qilish…
Boshqa hech kim bunday qila olmasdi», — dedi Bekhem. Ma’lumot o‘rnida, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.