Live
2
O'zbek

Flik: «Biz yanada yaxshiroq o‘ynay olamiz»

Futbol
17 sentabr, 00:00
    27
«Barselona» bosh murabbiyi «Rasing»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Flik: «Biz yanada yaxshiroq o‘ynay olamiz»
Foto: Getty Images
16.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 7 : 2 Racing Santander Racing Santander

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liganing 6-turida «Rasing» ustidan qozonilgan 7:2 hisobidagi yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ha, biz yanada yaxshiroq o‘ynay olamiz. Hayotda doimo va har bir jihatda rivojlanish mumkin. Natijadan qat’i nazar, biz yaxshi o‘ynadik. Jamoamizning o‘yini menga yoqmoqda, uni tomosha qilish maroqli.

Lekin eng muhimi — har doim, har bir vaziyatda va har bir uzatmada diqqatni yo‘qotmaslik. Xato qilish — oddiy holat. Shesnining xatosi meni xavotirga solmayapti, chunki bu futbol va buning ustida ishlash mumkin.

Joan Garciyada muayyan muammolar paydo bo‘ldi. Endi kutishimiz va u shu hafta oxirida maydonga tushishga tayyor bo‘lishiga umid qilishimiz kerak.

Futboldagi yondashuv shunday. Hammasi jamoa uchun», — dedi Flik DAZN’ga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Racing Santander Racing Santander
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

27 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar