Live
14
O'zbek

«Atletiko» bir shart bilan Alvares uchun tovon pulini kamaytirishga rozi — Chiringuito

Futbol
16 sentabr, 12:45
Madrid klubi forvard 2026/27-yilgi mavsumda sermahsul o‘yin ko‘rsatsa, Xulinani arzonroqqa qo‘yib yuboradi.
«Atletiko» bir shart bilan Alvares uchun tovon pulini kamaytirishga rozi — Chiringuito
Foto: Gettyimages

Madridning «Atletiko» klubi hujumchi Xulian Alvares uchun so‘ralayotgan summani bitta maxsus shart bajarilgan taqdirda kamaytirishga tayyor.

El Chiringuito nashrining xabar berishicha, «matraschilar» bosh direktori Migel Anxel Xil Marin, agar 2026/2027-yilgi mavsum davomida hujumchi barcha musobaqalarda kamida 20 ta gol ursa, tovon pulini kamaytirishga va’da bergan.

Yozda «Barselona» Alvaresga qiziqish bildirgan. Futbolchining o‘zi ham jamoani o‘zgartirish istagini bildirgandi. O‘tgan mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bir yil avval u 57 uchrashuvda 29 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar