Live
14
O'zbek

Mirjalol Qosimov: «Kubok o‘yinlari hamisha qiziqarli va dramatik tarzda o‘tib kelgan»

Eksklyuziv
16 sentabr, 14:05
OKMK ustozi «Xorazm»ga qarshi bahsdan so‘ng fikrlarini bildirdi.
Mirjalol Qosimov: «Kubok o‘yinlari hamisha qiziqarli va dramatik tarzda o‘tib kelgan»
Фото: ОКМК
16.09.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi ОКМК ОКМК 2 : 1 Xorazm Xorazm

O‘zbekiston Kubogi nimchorak finalida OKMK jamoasi o‘z uyida «Xorazm»ni 2:1 hisobida yengdi va chorak finalga yo‘l oldi.

O‘yindan keyin olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida fikrlarini aytdi.

- Albatta, ikkala jamoa ham faqat g‘alaba uchun chiqdi. Bu esa o‘z-o‘zidan keyingi bosqichga chiqish imkonini berardi. Kubokda hammasi bitta o‘yindan iborat va shuning uchun imkoniyatlardan foydalanish talab etiladi. Agar imkoniyatlardan kimdir foydalana olmasa yoki foydalansa... Kecha masalan «Andijon» 2:0 hisobida yutib turib 2:2 bo‘ldi va penaltilar seriyasidagina g‘alaba qozondi. «Xorazm» jamoasi ham o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsatdi, jangovar o‘yin bo‘ldi. Yutqazgisi kelmadi. Maydonni har bir qarich yerida kurash bo‘ldi. Qiziqarli va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Kartochkalar ham ko‘p bo‘ldi. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz. Endi chempionatga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

- O‘yindan bir kun oldin «Xorazm»da o‘zgarishlar yuz berdi. Uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishda bu rejalaringizga ta’sir qildimi?

- Buni ham hisobga olgandik. Bir qator futbolchilari yo‘q edi. Albatta, bu qolgan futbolchilariga motivatsiya beradi. Har bir o‘yinchi yangi murabbiyni oldida o‘zini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha motivatsiya. Kimdir zaxirada qolayotgan bo‘lsa, o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘ladi. Qolaversa, Kubok o‘yinlari hamisha shunday qiziqarli va dramatik tarzda o‘tib kelgan» - deya Mirjalol Qo‘shoqovichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • ОКМК ОКМК
  • Xorazm Xorazm
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar