Urganchning «Xorazm» klubi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi.
PFL matbuot xizmati xabar berishicha, bungacha bosh direktor vazifasida ishlab kelgan Ro‘zimboy Ahmedov klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Klubning Ligaga ma’lum qilishicha, uning o‘rniga bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Xursandbek Matkarimov tayinlandi.

Avvalroq Voha klubida bosh murabbiy almashgani ham eʼlon qilingandi.
Ma’lumot uchun, «Xorazm» Superligada 21 o‘yinda 21 ochko to‘plab, 13-o‘rinni egallab turibdi.