Live
3
O'zbek

«Bavariya» Keynga o‘rinbosar sifatida germaniyalik hujumchi nomzodini ko‘rmoqda

Futbol
16 sentabr, 08:18
Turinda ijarada to‘p tepayotgan Nik Voltemade Bundesligaga qaytishi mumkin.
«Bavariya» Keynga o‘rinbosar sifatida germaniyalik hujumchi nomzodini ko‘rmoqda
Foto: Gettyimages

Turinning «Yuventus» klubida ijara asosida o‘ynayotgan nemis hujumchisi Nik Voltemade Bundesligaga qaytishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berishicha, 24 yoshli futbolchiga Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqish bildirmoqda. Germaniya chempioni angliyalik Harri Keyn o‘rniga Voltemade nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nikning transfer huquqi Angliyaning «Nyukasl» klubiga tegishli. «Keksa sinora» futbolchini ushbu mavsum oxirigacha ijaraga olgan.

Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining ushbu mavsumida germaniyalik hujumchi ikkita uchrashuvda maydonga tushib ulgurdi, ammo hozircha samarali harakatlar qayd etgani yo‘q.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Yuventus Yuventus
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar