Live
3
O'zbek

«Aston Villa» Garnacho bo‘yicha qaror qabul qildi

Futbol
16 sentabr, 07:09
Vinger Alexandro Garnacho «Chelsi»dan «Aston Villa»ga to‘laqonli transfer qilinishi mumkin.
«Aston Villa» Garnacho bo‘yicha qaror qabul qildi
Foto: Gettyimages

Vinger Alexandro Garnacho «Chelsi»dan «Aston Villa»ga to‘laqonli transfer qilinishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Aston Villa» Garnachoni ijara muddati yakunlanganidan keyin ham o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi. Ta’kidlanishicha, kelishuvga ko‘ra, «sherlar» vingerni 50,2 mln yevro evaziga sotib olishi mumkinligi bo‘yicha band mavjud.

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri mavsum startida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan bo‘lsa-da, Garnachoni o‘zining kelajak uchun rejalarida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Aston Villa» 22 yoshli Garnachoni Londonning «Chelsi» klubidan shu yil yozda ijaraga oldi. Birminghemliklar safida vinger Premer-liganing 3 ta o‘yinida maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar amalga oshira olmadi.

Bugungi yangiliklar