Superliganing 21-turida eng yaxshi yosh futbolchi nomi aniqlandi. Unga ko‘ra, «Dinamo» yarimhimoyachisi Abdug‘ofur Haydarov ushbu tur laureati bo‘ldi.
Haydarov 21-tur doirasidagi bahsda 1 ta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida 4 ta zarba va 78 foizlik paslar aniqligi qayd etildi. Futbolchining kutilgan gollari ko‘rsatkichi esa 1,16 ga teng bo‘lgan.
