Live
28
O'zbek

Voltemade: «Ibrahimovich bilan bir qatorda tilga olinayotganim — aql bovar qilmas holat»

Futbol
12 sentabr, 09:00
«Yuventus» hujumchisi Ibrahimovich bilan taqqoslangani va Buffonning bu fikrini yuqori baholashini aytdi.
Voltemade: «Ibrahimovich bilan bir qatorda tilga olinayotganim — aql bovar qilmas holat»
Foto: Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Nik Voltemade sobiq Italiya milliy jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon tomonidan Zaltan Ibrahimovich bilan taqqoslangani haqida fikr bildirdi.

«Ibrahimovich bilan bir jumlada, qolaversa, Buffon tomonidan tilga olinayotganim — aql bovar qilmas holat. Bunday darajadagi futbolchilar sen haqingda gapirayotganini eshitish juda yoqimli. U meni Ibrohimovich bilan taqqoslaganidan juda xursandman. Umid qilamanki, bir kun kelib uning qilgan ishlarini takrorlaganimni ayta olaman», — dedi Voltemade DAZN nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Voltemade ushbu yozda «Nyukasl Yunayted»dan «Yuventus»ga o‘tdi. Hujumchi faoliyati davomida Germaniya milliy jamoasida ham to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar