Italiyaning “Yuventus” va “Milan” klublari mamlakat chempionatining 3-turida 1:1 hisobida durang oʻynashdi.
Bu jamoalarning A Seriyadagi soʻnggi oltita oʻyinidagi beshinchi durang natija boʻldi. Ularning gʻolib aniqlanmagan avvalgi toʻrtta bahsi 0:0 hisobida tugagandi.
Soʻnggi bellashuvda “Milan” safida yarimhimoyachi Alfajo Sisse 68-daqiqada toʻp kiritdi. “Yuventus”ning goliga esa himoyachi Federiko Gatti 90+2-daqiqada mualliflik qildi.
“Yuventus” A Seriya turnir jadvalida 4-oʻrinda bormoqda. Jamoa 3 ta oʻyindan soʻng 7 ochko jamgʻargan. “Milan” esa xuddi shuncha ochko bilan 3-pogʻonani egallab turibdi. Peshqadam “Roma” hisobida 9 ochko bor.
“Yuventus” va “Milan” A Seriyadagi soʻnggi 6 ta oʻzaro bahsning 5 tasida durang oʻynashdi
Futbol
7 sentabr, 12:09
Gʻolib aniqlanmagan avvalgi 4 ta oʻyindan farqli ravishda bu safar gollar urildi.
Foto: Getty Images
06.09.2026
FT
Italiya A seriyasi
Yuventus
1
:
1
Milan