Live
2
O'zbek

Kumanning darvozabon oʻgʻli bir oʻyinda 2 ta gol urib, Erediviziya rekordini oʻrnatdi

Futbol
7 sentabr, 09:37
    1
31 yoshli posbon kamchilikda oʻynayotgan jamoasini magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.
Kumanning darvozabon oʻgʻli bir oʻyinda 2 ta gol urib, Erediviziya rekordini oʻrnatdi
Foto: Getty Images
06.09.2026 FT Niderlandiya Eredivizioni Telstar Telstar 2 : 2 Cambuur Cambuur

“Telstar” darvozaboni kichik Ronald Kuman Niderlandiya chempionatining 5-turidan oʻrin olgan “Kambur”ga (2:2) qarshi oʻyinda ikki gol urdi.

31 yoshli futbolchi 63 va 90+11-daqiqalarda ikkita penaltini aniq amalga oshirdi. Shu tariqa uning jamoasi magʻlubiyatdan qutulib qoldi — bellashuv davomida “Telstar” 0:2 hisobida ortda borayotgandi. Jamoa 22-daqiqadan boshlab bir kishi kam boʻlib oʻynadi.

“Barselona” va Niderlandiya milliy jamoasining sobiq himoyachisi hamda bosh murabbiyi Ronald Kumanning oʻgʻli Erediviziya tarixida bir oʻyinda ikki gol urgan birinchi darvozabonga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Telstar Telstar
  • Cambuur Cambuur
  • Niderlandiya Eredivizioni Niderlandiya Eredivizioni
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar