Live
2
O'zbek

Veynaldum — “Al Ittihod” futbolchisi

Futbol
7 sentabr, 10:03
    4
“Liverpul” sobiq yarimhimoyachisi Saudiyadagi jamoasini oʻzgartirdi.
Veynaldum — “Al Ittihod” futbolchisi
Foto: Al Ittihad

“Al Ittihod” yarimhimoyachi Jorjinio Veynaldum bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Niderlandiyalik 35 yoshli futbolchi “Al Ittifoq”ni tark etganidan soʻng erkin agent sifatida jiddaliklar safiga qoʻshildi. U soʻnggi uch mavsumni aynan “Al Ittifoq” safida oʻtkazgandi.

GiveMeSport maʼlumotlariga koʻra, “Liverpul” va “PSJ”ning sobiq futbolchisi “Al Ittihod” bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Kelishuvda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham koʻzda tutilgan.

Yarimhimoyachi oʻtgan mavsumda Saudiya Proligasida 33 oʻyinda 16 gol va 6 assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ittihad Al-Ittihad
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar