«An Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turida safarda «Al Ittihod»ga 1:2 hisobida yutqazdi. Bu jamoaning ushbu mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Bahsdan so‘ng jurnalistlar Joau Felishdan intervyu olishga urindi. Biroq portugaliyalik hujumchi suhbat berishdan bosh tortib, jurnalistlar yonidan o‘tayotib: «Sizlar bilan gaplashmayman, chunki gapirsam, bu ligani fosh qilib qo‘yaman», — dedi.
Ma'lumot uchun, «An Nasr» 5-turdan keyin 12 ochko bilan Saudiya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Al Hilol» esa 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi