Live
9
O'zbek

Rasman: 39 yoshli Jeymi Vardi «Byornli» futbolchisiga aylandi

Futbol
6 sentabr, 09:53
Angliya chempioni yangi mavsumni Chempionshipda o‘tkazadigan jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Rasman: 39 yoshli Jeymi Vardi «Byornli» futbolchisiga aylandi
Foto: Getty Images

Angliya chempioni Jeymi Vardi «Byornli» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

39 yoshli hujumchining «Byornli» bilan kelishuvi bir mavsumga mo‘ljallangan.

«Men endi «Byornli» futbolchisi ekanimdan juda xursandman. Klubning boy futbol tarixi va o‘z jamoasi hamda shahrini munosib namoyish etadigan jamoani kutayotgan ishtiyoqli muxlislari bor. Maydonga tushib, jamoaga to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishda yordam berishni sabrsizlik bilan kutyapman», — dedi Vardi klub rasmiy saytiga.

Avgust oyidan buyon «Byornli» safida «Chelsi»dan ijaraga olingan 18 yoshli Qozog‘iston milliy jamoasi hujumchisi Dastan Satpayev ham o‘ynamoqda.

Ma’lumot uchun, «Byornli» o‘tgan mavsum yakunida APLni tark etgan. Jamoa Chempionshipning dastlabki besh turidan so‘ng 2 ochko bilan 24-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bernli Bernli
Bugungi yangiliklar