O‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Sharaбутдин Magomedov (Shara Bullet) Rossiya tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim ekanini aytdi.
— Rossiya tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim?
— Igor Akinfeyev», — dedi Magomedov «Chаmpionat» muxbiri Maksim Yakovlev bilan eksklyuziv suhbatda.
Ma’lumot o‘rnida, Sharabutdinning professional MMA rekordida 17 ta g‘alaba bor. Ularning 12 tasida rossiyalik jangchi raqiblarini nokautga uchratgan. Magomedov hisobida shuningdek, bitta mag‘lubiyat ham mavjud. U professional MMA’dagi debyutini 2017 yil dekabr oyida o‘tkazgan.
Akinfeyev esa 1990 yildan buyon SSKA tizimida bo‘lib, klub sharafini 35 yildan ortiq vaqt davomida himoya qilib kelmoqda. Darvozabon SSKA safida 818 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan va 327 uchrashuvda o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan.
Avvalroq Shara Bullet MMA tarixidagi eng yaxshi 5 jangchini aytib o‘tgandi.