«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Gari Nevill «Arsenal» hujumchisi Kay Haverts «Liverpul»ning sobiq forvardi Roberto Firminodan kuchli emasligini aytdi.
Nevillning fikricha, Haverts yaxshi va sifatli futbolchi, biroq u Firmino kabi raqiblar uchun katta xavf tug‘dirmaydi.
«Iltimos, Havertsni Firmino bilan solishtirishni bas qiling. Firminoning futbolchi sifatidagi darajasini past baholamaslik kerak. U Sadio Mane va Muhammad Saloh uchun juda muhim edi. Haverts Firmino kabi kuchli deb o‘ylamayman», — dedi Nevill Sky Sports efirida.
Ma’lumot uchun, Firmino «Liverpul» safida barcha turnirlarda 362 ta bahsda maydonga tushib, 111 ta gol va 76 ta assist qayd etgan. Haverts esa «Arsenal» tarkibida 114 ta bahsda 38 ta gol va 18 ta assistga mualliflik qilgan.